AsosiyJamiyat

Boburmirzo Obloqulov Samarqand shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi

'Boburmirzo Obloqulov Samarqand shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi'ning rasmi

Ayni paytda Samarqand shahar hokimligida Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining VI chaqiriq birinchi sessiyasi o`tkazilmoqda, deya xabar berdi shahar hokimligi Matbuot xizmati. 

Sessiyada viloyat hokimi tomonidan Samarqand shahri hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash masalasi ko`rib chiqildi.

Deputatlar Obloqulov Boburmirzo Salomovich nomzodini bir ovozdan qo`llab-quvvatlab, Samarqand shahri hokimi lavozimiga tasdiqladilar.

    Boshqa yangiliklar