Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sho`rchi tuman bo`limi tomonidan tumandagi 125-sonli maktab internatining moliyaviy faoliyati o`rganilganda, maktab internatning sobiq g`aznachisi Q.N. va boshqalar byudjet mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Ular hujjatlarga soxta ma`lumotlar kiritish orqali 278 nafar xodimlarning jami 117,8 mln. so`m ish haqlarini naqd shaklida olib, o`zlarining shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborgan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov.
Mazkur holat yuzasidan Q.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






