AsosiyJamiyat

Sergelida o`g`il otasining erini o`zgaga 380 ming AQSh dollariga aldab sotayotganda qo`lga tushdi

'Sergelida o`g`il otasining erini o`zgaga 380 ming AQSh dollariga aldab sotayotganda qo`lga tushdi'ning rasmi

Fermer xo`jaligiga ajratilgan er maydonini sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro K.T. fuqaro V.P.ning ishonchiga kirib uni aldab, otasi S.T.ga qarashli “S” fermer xo`jaligiga oziq-ovqat mahsulotlari hamda meva sabzavotlarini quritish, qayta ishlash va qadoqlash sexlari qurish uchun Toshkent viloyati, Zangiota tumani hududidan ajratilgan 1,5 gektar er maydonining 
70 sotixini, unga 380 000 AQSh dollariga sotishni rejalashtirib, shundan, 
50 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan K.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar