Buxoro viloyatining Qorako`l tumanida 1995 yilda tug`ilgan N. F o`zini osib qo`ydi. Bu haqda EVERYDAY.UZ Buxoro viloyat prokuraturasi axborotiga tayanib xabar qildi.
Ma`lum bo`lishicha qiz 2019 yilning 17 noyabr sanasida soat 21:00 lar atrofida yashash xonadonining tandirxonasi tom qismiga elektr kabeliga osilgan holatda topilgan. Shu kuni huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv tashkillashtirilgan.
Shundan so`ng oradan bir oy o`tib, 2019 yilning 17 dekabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat alomatlari bor yoki yo`qligini bilish uchun JKning 103-moddasi 1-qismi (o`zini o`zi o`ldirish darajasiga etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Marhumning qarindoshlari tuman prokuraturasi faoliyatidan qoniqmaganligi hamda jinoyat ishi malakali tergov bilan o`tkazilishi maqsadida ish viloyat prokuraturasining o`ta og`ir jinoyatlarni tergov qilish bo`limida tuzilgan malakali tergov-tezkor guruhiga topshirildi. Shundan so`ng marhumning qarindoshlari viloyat prokururi bilan ham uchrashgan. Ularga tegishli tushuntirish berilgan.
Hozirda jinoyat ishi shaxsan viloyat prokurorining nazoratida ekani aytilmoqda.
13.01.2020 14:21
Buxoroda 25 yoshli qiz o`zini elektr kabeliga osib qo`ydi






