Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Uchko`prik tumanida fermerlarni paxta hosili pullari berilmayotganligi holati yuzasidan Farg`ona viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
“Real Trans Logistik” unitar korxonasi paxta-to`qimachilik klasteri o`rtasida tuzilgan kontraktasiya shartnomalari bo`yicha Uchko`prik tumani fermer xo`jaliklari tomonidan topshirilgan paxta xom ashyosi uchun jami 47 mlrd 984 mln. so`m to`lanishi belgilangan.
Taqdim etilgan ma`lumotlarga ko`ra, korxona tomonidan fermer xo`jaliklariga jami 18 mlrd. 504 mln. so`m to`lab berilgan. 09.01.2020 yilda 1 mlrd. 400 mln. so`m qarzdorlik ATB “Agrobank” Uchko`prik tuman filiali hisob-raqamiga undirilishi ta`minlanib, hozirda
28 mlrd. 080 mln. so`m qarzdorlik mavjud. Klaster korxonasining paxtani qayta ishlashdan olingan tola, ishlab chiqarilgan maxsulot hisobidan qarzdorlikni bartaraf etish imkoniyati mavjud bo`lib, tez orada to`lab berish yuzasidan korxona tomonidan kafolat xati berilgan.






