AsosiySport

Klichko Fyuri va Uaylder bilan jang qilish istagida

Vladimir Klichkoning menejeri Bernd Bente bokschining yaqin oradagi rejalari haqida ma`lum qildi. Unga ko`ra, Vladimir Brayant Jenningsni mag`lub etish niyatida va keyin ikki nafar kuchli bokschiga qarshi ringga chiqmoqchi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar bermoqda.

Dastlab Tayson Fyuri, keyin Deontey Uaylder bilan jang qilish Klichkoning rejalariga kiritilgan. Shennon Briggs esa Vladimirni qiziqtirmayapti. 

Uaylder 2015 yilning oxiri yoki kelasi yilning boshida ringga chiqishga tayyorligini bildirgan.

    Boshqa yangiliklar