AsosiyJamiyat

Toshkent shahar hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzod tasdiqlandi

'Toshkent shahar hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzod tasdiqlandi'ning rasmi

Sessiyada ishtirok etgan O`zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Toshkent shahar hokimi lavozimiga 48-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat Artikxodjaev Jahongir Abidovichning nomzodini Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasida tasdiqlash to`g`risida Taqdimnomani o`qib eshittirdi.

“Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Toshkent shahar hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodini tasdiqlash to`g`risida”gi qaror bir ovozdan ma`qullandi.

Reglamentga muvofiq, sessiyada “Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari Qo`shma majlisi Maslahat Kengashi azoligiga nomzodni tavsiya etish to`g`risida”gi masala ham ko`rib chiqildi va Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan taklif etilgan nomzodlar tasdiqlandi.

Avvalroq poytaxt hokimligida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining birinchi sessiyasi bo`lib o`tayotgani haqida xabar bergandik.

    Boshqa yangiliklar