AsosiyJamiyat

Buxoroda YTHga sababchi bo`lgan haydovchini YPX xodimlari topishdan bosh tortyaptimi?

'Buxoroda YTHga sababchi bo`lgan haydovchini YPX xodimlari topishdan bosh tortyaptimi?'ning rasmi

2020 yil 12 yanvar kuni “Telegram” ijtimoiy tarmog`idagi “Potrebitel Buxara plyus” kanalida “8 yanvar kuni avariya sodir bo`lgan. Haydovchi qochib ketgan, haligacha yo`q. Dan xodimlari qidirishdan bosh tortyapti. Bor, qo`lingdan kelganini qil deyishyapti” deb izohlangan foto va video tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko`ra, 2020 yil 8 yanvar kuni soat 18:30da Buxoro shahar IIO FMBning “102” raqamiga Buxoro shahri “Mustaqillik” ko`chasi hududida “Lasetti” va “Damas” avtomashinalari ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarnomaga asosan 3-son IIB tergov-tezkor guruhi va YHXB xodimlari voqea joyiga etib borishgan. YPX inspektori katta serjant M.Safarov tomonidan yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan joy ko`zdan kechirilib, hodisa joyi chizmasi chizilgan.

Aniqlanishicha, Buxoro shahar Alpomish ko`chasi 5A-uy 60-xonada yashovchi fukaro R.Rajabov o`z boshqaruvida bo`lgan “Lasetti” rusumli, 80 R 924 SA davlat raqam belgili avtomashina bilan Buxoro shahar IIO FMB (pasport stol) chorrahasidan eski “To`qimachi” bozori (konechka) chorrahasi tomonga harakatlanib, rul boshqaruvini yo`qotishi natijasida yo`lningqatnov qismlarini ajratib turuvchi to`siqr ustidan qarama-qarshi yo`nalishga o`tib, mazkur yo`nalishda harakatlanib kelayotgan “Damas” rusumli, 80 X 496 OA davlat raqamli avtomashina bilan yo`l transport hodisasi sodir qilgan. 

Natijada “Lasetti” avtomashinasida yo`lovchi sifatida borayotgan M.Qudratov tan jaroxati olib, kasalxonaga murojaat qilgan. Tekshiruv davomida, “Damas” avtomashinasi haydovchisi Sh.G`iyosovda alkogoldan mastlik holati aniqlanmagan.

“Lasetti” avtomashinasi haydovchisi R.Rajabov yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan vaqtda voqea joyidan noma`lum tomonga yashiringan. 

Hozirda ushbu shaxs topilib, u bilan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Natijasi bo`yicha qo`shimcha axborot beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar