AsosiyJamiyat

Endi qasddan badanga engil shikast etkazilsa, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi

'Endi qasddan badanga engil shikast etkazilsa, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida O`zbeksiton Respublikasi qonuni muhokamaga qo`yildi.

Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan O`RQ–2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi o`zgartishlar va qo`shimcha kiritiladi:

66-1-moddasining (Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish) birinchi qismida:

“109-moddasida (qasddan badanga engil shikast etkazish)” degan so`zlar chiqarib tashlanadi;

“140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so`zlar “140-moddasining ikkinchi qismida” degan so`zlar bilan almashtiriladi;

109-modda (Qasddan badanga engil shikast etkazish) chiqarib tashlanadi;

140-moddasining (Haqorat qilish) birinchi qismi (Haqorat qilish, ya`ni shaxsning sha`ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun ma`muriy jazo qo`llanilgandan keyin sodir etilgan bo`lsa) chiqarib tashlanadi.

 

    Boshqa yangiliklar