AsosiyDunyo

Putin:“Liviyada jang qilayotgan ruslar davlatga aloqador emas”

'Putin:“Liviyada jang qilayotgan ruslar davlatga aloqador emas”'ning rasmi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 11 yanvar kuni, Liviyada jang qilayotgan «Vagner» xususiy harbiylashgan kompaniyaning yollanma jangchilari haqida berilgan savolga javob berganligi haqida xabar bermoqda tarjimon.uz.

Prezidentning so`zlariga ko`ra, agar shu guruxda ruslar jang qilayotgan bo`lsa, ular Rossiya davlatiga aloqador emas va ularga davlat tomonidan pul to`lanmaydi, deya bayonot berdi.

Avvalroq «Vagner» xususiy rus yollanma jangchilari, Suriya va Ukrainadagi Rossiya kuchlarini qo`llab-quvvatlash uchun yashirin kurash olib borishgan, deya Reuters va boshqa ommaviy axborot vositalari xabar bergan edi.

“Vagner guruhi” deb nomlanuvchi yollanma jangchilar, xususiy harbiy guruhlar tomonidan buyurtma qilinadi. Ularga, asosan, hukumatga xizmat qilgan sobiq harbiylar jalb etiladi.

Rossiya xorijda yollanma harbiylardan foydalanadi, degan da`volarni hukumat har doim rad etib keladi.

 

    Boshqa yangiliklar