Bloger Toshkent davlat yuridik universiteti ma`muriyati tashabbusi bilan jamoatchilik vakillaridan iborat ko`ngillilar guruhi tashkil qilishyotganligi haqida xabar bermoqda.
2020 yilning 13–31 yanvar kunlari TDYuUda bo`lib o`tadigan yakuniy nazorat ishlari talabalar tomonidan tegishli fanlar doirasida belgilangan auditoriyalarda, 2 kishidan kam bo`lmagan kuzatuvchi nazorati ostida 2 soat davomida yozma shaklda olib boriladi.
Mazkur jarayonda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish istagida bo`lgan yoki jarayonlarni yoritmoqchi bo`lganlardan quyidagi havola orqali oldindan ro`yxatdan o`tishlari iltimos qilinmoqda.
- Tez orada yurtimizdagi barcha OTMlarda 1-semestr bo`yicha yakuniy nazoratlar boshlanadi. Ta`lim tizimidagi eng og`riqli muammolardan biri ham aynan shu erda, ya`ni har yili OTMlarni bilimi past minglab talabalar turli yo`llar bilan bemalol tugatib, diplom olib ketishmoqda. Shu sababli OTMlardagi sessiya jarayonlarini tezroq korrupsiya va tanish-bilishchilikdan tozalab, shaffoflikni oshirish kerak. Bunda jamoatchilik nazoratining roli ham muhim.
Ta`lim jarayonida shaffoflikni ta`minlashga yaqindan hamkorlik qilmoqchi bo`lgan OAV vakillari, blogerlar hamda fidoyi insonlarga minnatdorlik bildiramiz, deydi bloger.






