"O`zbekneftgaz" matbuot xizmatining xabar berishicha, 11 yanvar kuni Buxoro viloyati Romitan tumanida joylashgan Tumaris konida navbatdagi 4-sonli yangi quduq ishga qo`shilib, sanoat miqyosidagi kunlik 110 ming kub metr tabiiy oqimi olindi.
Hozirgi kunda kondagi jami 4 ta quduqdan kunlik 720 ming kub metr gaz qazib olinmoqda.
Tumaris konidan qazib olinayotgan tabiiy gaz qayta ishlanib magistral gaz quvurlari orqali iste`molchilarga etkazib berilmoqda.






