AsosiyJamiyat

Jizzaxda paxta puli hanuzgacha berilmagani haqidagi xabar vazirlik tomonidan o`rganildi

'Jizzaxda paxta puli hanuzgacha berilmagani haqidagi xabar vazirlik tomonidan o`rganildi'ning rasmi

2020 yil 10 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh jizzaxlik ayollar 2019 yil noyabr oyida paxta yig`im terimida ishtirok etganligi, paxta pulini esa hanuzgacha olmagani to`g`risida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, ayni masala 2020 yil 11 yanvar kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mas`ullari tomonidan o`rganilgan.

Aniqlanishicha, paxta terimi jarayonida ishtirok etgan barcha terimchilarga terim pullari to`liq berilgan, bundan tashqari rag`batlantirish uchun o`simlik yog`i ham taqdim etilgan.

2019 yil noyabr oyida haq to`lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish uchun Forish tuman Aholi bandligiga ko`maklashi markaziga tumandagi 23 ta mahalla fuqarolar yig`inlari tomonidan jami 700 nafar fuqarolarni jamoat ishlariga jalb qilish bo`yicha buyurtmalar taqdim etilgan. Ular asosida monitoring o`tkazilib, jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar ushbu davrda paxta terimida ishtirok etganligi sababli ish haqi to`lanishi maqsadga muvofiq emas deb topilgan.

Murojaatchilarga paxta terimi hamda haq to`lanadigan jamoat ishlariga jalb qilinganlik uchun to`lovlar tartibi to`liq tushuntirilgan.

    Boshqa yangiliklar