2020 yil 8 yanvar kuni sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida O`zbekiston fuqarosi I.R. ko`p sonli jarohatlar bilan og`ir ahvolda Varshava shahridagi Milliy mudofaa vazirligi Harbiy-tibbiy instituti Markaziy klinik shifoxonasining intensiv terapiya klinik bo`linmasiga yotqizilgan va muolaja olmoqda.
Mamlakatimizning Polshadagi Elchixonasi bergan ma`lumotga ko`ra, YTH bo`yicha Varshava shahrida polisiya tergov tadbirlarini olib bormoqda.
Mavjud ma`lumotlarga ko`ra I.R. universitetlardan birining talabasi hisoblanadi.
Elchixona Konsullik bo`limi vakillari klinikaga borib bemorning holidan xabar oldilar va hamyurtimizning qarindoshlarini qidirishmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti Polsha hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda O`zbekistonning Varshava shahridagi Elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi: +48-22-894-62-30 (2)






