2020 yilning 9 yanvar kuni O`zbekiston fuqarosi R.X. Sankt-Peterburg shahri Primore tumanidagi qurilish ob`ektining 16-qavatidan tushib ketib vafot etgan.
Hozirgi vaqtda vatandoshimiz jasadini O`zbekistonga qaytarish bo`yicha zarur huquqiy va tashkiliy masalalar tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal qilingan.
Ertaga, 12 yanvar kuni vafot etgan fuqaroning jasadini Samarqand shahriga olib kelish rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi.





