Jahon banki mutaxassislari fikricha, 2020 yilda O`zbekiston iqtisodiyotining o`sishi 5,7 foizni tashkil etadi. Bu haqda Jahon bankining 2020 yil yanvar oyi bo`yicha «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» hisobotida e`lon qilindi.
2019 yil iyun oyida Jahon banki 2020 yilda O`zbekiston YaIM o`sishi 5,5 foizni tashkil etishini prognoz qilgandi.
Har yarim yilda e`lon qilinuvchi ushbu hisobotda joriy yilda dunyo iqtisodiyoti 2,5 foizga o`sishi bashorat qilindi. Qiyoslash uchun, 2019 yilda bu ko`rsatkich 2,4 foizni tashkil qilgan.
Jahon banki mutaxassislari taxminiga ko`ra O`zbekistonda YaIM 2018 yilda 5,6 foizni, 2019 yilda 6,3 foizni va 2020 yilda 6,5 foizni tashkil etadi. Shuningdek, bank tahlilchilari 2021 va 2022 yilda O`zbekistonda YaIM o`sishi 6 foiz bo`lishini prognoz qilmoqda.






