Samarqand viloyatida to`ylar, oilaviy marosimlar, yubiley tantanalari haqidagi tartibni buzganlarga nisbatan ma`muriy jazo choralari qo`llanilishi boshlandi.
Xabarga ko`ra Samarqand viloyatida 4—5 yanvarda bir nechta to`y bo`lib o`tgan va ularda ishtirok etgan mehmonlar soni 200 nafardan oshib ketgan. Jumladan, Samarqand tumanidagi «Hoja Ahror Vali» mahallasidagi to`yda 370 nafar mehmon qatnashgan. «Shirinobod» mahallasida ham bu kabi salbiy holat qayd etilgan.
Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov rahbarligida o`tkazilgan yig`ilishda to`ylar bo`yicha tartib-qoidalarni buzgan fuqarolarga nisbatan qonuniy jazo choralari qo`llanilishi qayd etilgan.






