AsosiyDunyo

Zelenskiyni Eronga talabi bor

'Zelenskiyni Eronga talabi bor'ning rasmi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Eronning fojiadagi rolini tan olganiga munosabat bildirdi.

“Bugun tong yaxshi bo`lmadi, ammo haqiqat oshkor bo`ldi. Xalqaro komissiya o`z ishini yakunlashidan avval Eron Ukraina samolyotini urib tushirganini tan oldi. Biroq biz Eron aybiga to`liq iqror bo`lishini talab qilamiz”, degan Zelenskiy.

Ukraina rahbari Eron fojia uchun diplomatik yo`llar orqali rasman kechirim so`rashi, aybdorlarni jazolashi va kompensasiya to`lashi kerakligini qo`shimcha qilgan.

Eslatib o`tamiz 8-yanvar kuni texnik nosozliklar tufayli bortida 180 nafar yo`lovchi bo`lgan Ukrainaning Boeing 737 samolyoti Tehron xalqaro aeroportida halokatga uchragan edi. 

    Boshqa yangiliklar