Qator hududlarda joylashgan davlat maktabgacha ta`lim muassasalarida ota-onalar tomonidan har oyda bolalar ta`minoti uchun to`lanadigan haq miqdori o`rnatilgan tarifning 50 foizi miqdorida belgilanadi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020 yil uchun davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalar ta`minoti uchun ota-onalar to`lovi miqdorlarini tasdiqlash to`g`risida”gi qarori loyihasida keltirib o`tildi.
Hujjatga muvofiq, 2020 yil uchun davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalar ta`minoti uchun ota-onalar to`lovi miqdorlari quyidagicha:
Izoh: Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahri, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog` va G`uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako`l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqurg`on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida, Samarqand viloyati Nurobod, Qushrabot, Urgut, Bulung`ur, va Paxtachi tumanlarida, Jizzax viloyatining Baxmal, G`allaorol, Farish, Mirzacho`l va Yangiobod tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Xovos va Sardoba tumanlarida, Farg`ona viloyatining So`x tumani hamda Farg`ona tumanining "Shohimardon" va "Yordon" qishloqlarida joylashgan davlat maktabgacha ta`lim muassasalarida ota-onalar tomonidan har oyda bolalar ta`minoti uchun to`lanadigan haq miqdori o`rnatilgan tarifning 50 foizi miqdorida belgilanadi.






