O`zbekistonda 2014 yilda turizm sohasining asosiy parametrlari 2013 yildagi ko`rsatkichlardan oshib ketdi, shu jumladan sayyohlik xizmatlari hajmi 116%, eksport prognozi 120 foizni tashkil etdi. Bu haqda «O`zbekturizm» Milliy kompaniyasi matbuot xizmatiga tayanib, daryo.uz xabar bermoqda.
Qabul qilingan turizm sohasini rivojlantirish dasturlariga muvofiq, Xorazm, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida 484 ta loyihani amalga oshirish uchun 260 million dollar mablag`ni o`zlashtirish ko`zda tutilgan. Shuning 119 million dollari loyihalar tashabbuskorlari mablag`lari, 88 million dollari tijorat banklari kreditlari, 26 million dollari davlat byudjeti mablag`lari, 29 million dollari xorijiy investisiyalar va grantlarni jalb etish yo`li bilan to`lanadi.





