Joriy yilning 9 yanvar kuni soat 15:10da «Qamchiqavtoyo`l» navbatchi-dispetcheri tomonidan «Toshkent-O`sh» avtomobil yo`lining 234,7 km.da «Vodiy-Toshkent» yo`nalishida harakatlanib kelgan «ISUZI» rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, avtomobil yo`lida ko`ndalang bo`lib qolganligi to`g`risidagi murojaat kelib tushgan.
Mazkur hodisa yuzasidan, 8-nazorat guruhi qutqaruvchilari va Qamchiq” qutqaruv otryadidan leytenant A.Komilov boshchiligidagi 8 nafar qutqaruvchilar voqea joyiga zudlik bilan etib borgan.
Ta`kidlash joiz, amaliy yordamga boshqarmaning «MAN» rusumli avtoevakuatori, «Qamchiqavtoyo`l»ning 1 ta yuk ko`raruvchi texnikasi va 4 ta ishchi xodimi, shuningdek, «Sherobod» tez tibbiy yordam maskani xodimlari jalb etildi. Yo`l-transport hodisasi oqibatida jarohatlanganlar aniqlanmagan.
Olib borilgan say-harakatlar natijasida mazkur yuk mashina xavfsiz hududga olindi hamda transportlarning xavfsiz harakati ta`minlandi.






