Hindiston hukumati prognozlariga ko`ra, mamlakat iqtisodiyoti ushbu moliya yilida 7,4 foizga o`sadi, bu Xitoydagi o`sish sur`atlariga mosdir, deb yozadi daryo.uz «Vedomosti»ga asoslanib.
Biroq bunday jadallashish nafaqat iqitisodiyotning tiklanishi, balki yalpi ichki mahsulotni hisoblash usulining keskin o`zgarishi bilan ham bog`liqdir.
Gap shundaki, yanvar oxirida statistika vazirligi narxlar o`zgarishiga mo`ljal sifatida olinadigan tayanch yilni o`zgartirganini ma`lum qildi va yalpi ichki mahsulotni hisoblashda yanada kompleksli ma`lumotdan foydalana boshladi. Shuningdek u YaIMni ishlab chiqaruvchilar narxlarida emas, bozor narxlarida hisob-kitob qila boshladi.
Yangi metodologiyani qo`llash orqali chiqarilgan ilk ko`rsatkichlar o`tgan moliya yilida (2013 yil aprel — 2014 yil mart) o`sishning tezlashganini ko`rsatdi. O`sish darajasi avvalgi 4,7% o`rniga 6,9 foizni tashkil etdi.





