AsosiySport

JCh-2018 va OK-2019 saralashning 1-bosqichiga qur`a tashlandi

JCh-2018 va OK-2019 qo`shma saralashining birinchi bosqichiga qur`a tashlandi. FIFA reytingida eng past natijaga ega bo`lgan Osiyoning 12ta jamoasi qur`a natijasida o`z raqiblarini bilib olishdi.

Jamoalar 12 va 17 mart kunlari 2ta o`yindan iborat pley-off bosqichida ishtirok etishadi. Qur`a natijasida quyidagi juftliklar yuzaga keldi. Nomi birinchi keltirilgan jamoa ilk o`yinni o`z maydonida o`tkazadi:

JCh-2018, OK-2019 saralashi. 1-bosqich. 12 va 17 mart
Yaman - Pokiston
Hindiston - Nepal
Xitoy Taypeyi - Bruney
Kamboja - Mo`g`ulistoni
Sharqiy Timor - Butan
Shri Lanka - Makao

Ikkinchi saralash bosqichiga qur`a tashlash marosimi 11 aprel kuni bo`lib o`tadi. Unda 40ta jamoa 8ta guruhga bo`linishadi.

    Boshqa yangiliklar