O`zbekiston terma jamoasi hamda “Lokomotiv” klubi darvozaboni Ignatiy Nesterov davolanish uchun Germaniyaga yo`l oladi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar bermoqda.
Darvozabonining jiddiy jarohat olganligi va maydonga tusha olmasligi haqida avval xabar bergan edik. Tibbiy ko`rik natijasida Nesterovning chap tizzasidagi to`qimalari uzilganligi ma`lum bo`ldi. Jamoa shifokorlari Nesterovga jarrohlik amaliyotini Germaniyada o`tkazishni tavsiya qilishgan.





