AsosiyShou-biznes

Yigitali birinchi o`zbek fazogiri bilan uchrashdi

Yigitali Mamajonov Rossiyada birinchi o`zbek fazogiri Solijon Sharipov bilan uchrashdi. Uchrashuv chog`ida olingan selfisini aktyor o`z Instagram’iga joyladi, deb yozmoqda daryo.uz.

Rasmga «Koinotni zabt etgan afsonaviy inson va orbitaga chiqqan ilk o`zbek Solijon Shokirovich Sharipov bilan» deya izoh qoldirgan.

Solijon Sharipov o`zbek millatiga mansub Qirg`iziston va Rossiya fazogiridir. U 1964 yilda Qirg`izistonning O`sh viloyati O`zgan shahrida tug`ilgan.

Avvalroq Yigitali Mamajonovning o`z faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkinligi, ayni paytda Moskvada turli rejissyorlarning filmlarida suratga tushish uchun kastinglardan o`tayotgani haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar