O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma`lumotiga ko`ra, ushbu haftada O`zbekistonning aksariyat hududlarida yomg`ir yog`adi, deya xabar qiladi daryo.uz nashri.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, 9−10 fevralda ayrim joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. 11−12 fevralda vaqti-vaqti bilan biroz yomg`ir yog`adi, 13−14 fevralda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0−5° iliq, ba`zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 11−12 fevralda 3−8° iliq, 13−14 fevralda 0−5° iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 9−10 fevralda ayrim joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. 11−14 fevralda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11−13 fevralda 7−12° iliq, 14 fevralda 4−9° iliq, kunduzi 11 fevralda 15−20° iliq bo`ladi, 12−14 fevralda 8−13° iliqgacha pasayadi
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 9−10 fevralda ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. 11−14 fevralda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Shamol g`arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4−9° iliq, kunduzi 11 fevralda 15−20° iliq, 12−14 fevralda 10−15° iliq bo`ladi
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 9−10 fevralda ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. 11−14 fevralda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Shamol g`arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7−12° iliq, kunduzi 11 fevralda 16−21° iliq bo`ladi, 12−14 fevralda 10−15° iliqgacha pasayadi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 9−10 fevralda yog`ingarchilik kutilmaydi. 11−14 fevralda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2−7° iliq, kunduzi 11 fevralda 13−18° iliq, 12−14 fevralda 10−15° iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, 9−10 fevralda ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. 11−14 fevralda vaqti-vaqti bilan yo`gingarchilik bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Shamol g`arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0−5° iliq, ba`zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 9−10 fevralda 7-12° iliq, 11−14 fevralda 3-8° iliq bo`ladi.
9−15 fevralda respublikaning tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. 10−15 fevralda O`zbekistonning tog` oldi hududlarida sel kelishi xavfi bor.





