AsosiyShou-biznes

OAV: Anjelina Joli va Bred Pitt ettinchi bolani asrab olishdi

Chet el ommaviy axborot vositalari, xususan Woman's Day nashri tarqatgan xabarlarga ko`ra, Gollivudning eng yorqin aktyor iva akrisasi juftligi, Bred Pitt va Anjelina Jolilar 7 farzandni asrab olishgan.  Ma`lumotlarga ko`ra bu turk qochoqlari lagerida tug`ilgan Mussa ismli bolakaydir. Ayni damda u 2 yoshda. Agar tarqatilgan ma`lumotlar to`g`ri bo`lsa, Mussa ularning ettinchi farzandlari hisoblanadi.

Ayni damda ushbu juftlik Anjelina tomonidan Kambodjada 2002 yili asrab olingan Meddoks, Efiopiyada 2005 yili asrab olingan Zaxara, 2006 yili ularning oilasida dunyoga kelgan Shaylo ismli qizaloq, 2007 yili Vetnamda asrab olingan Paks hamda 2008 yilda ular oilasida dunyoga kelgan egizaklar Viven va Nokslarni tarbiyalashmoqda. Voqealar rivojini kuzatamiz va Bred Pitt va Anjelina Jolilarning bu yangilik borasidagi tasdiqlarini kutamiz.

    Boshqa yangiliklar