AsosiyJamiyat

“Fayzli Toshkent” aksiyasiga “Maxsustrans” xodimlari hamda maxsus texnikalari safarbar etiladi

'“Fayzli Toshkent” aksiyasiga “Maxsustrans” xodimlari hamda maxsus texnikalari safarbar etiladi'ning rasmi

8 yanvar kuni Poytaxtimizda “Fayzli Toshkent” aksiyasi start oladi.

Ikki oy davom etadigan mazkur tadbir shahar miqiyosida keng ko`lamli tozalash va obodonlashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Aksiyada “Maxsustrans” Davlat unitar korxonasining yuzlab ishchi-xizmatchilari faol ishtirok etadi hamda korxonaning maxsus texnikalari safarbar etiladi.

Aksiya doirasida Toshkentning 30 ming gektardan ortiq hududi, mavze va dahalardagi qabristonlar, qarovsiz ko`chalar, ariqlar hazonlardan tozalanishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar