AsosiyJamiyat

Buxoroda farzandi o`ziniki eganligiga shubha qilgan ota qamaldi

'Buxoroda farzandi o`ziniki eganligiga shubha qilgan ota qamaldi'ning rasmi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro tumanlararo sudining 16.08.2016 yildagi qaroriga asosan qarzdor A.Qayumovdan undiruvchi X.Qayumova foydasiga voyaga etmagan K.Qayumov ta`minoti uchun oylik daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Buxoro shahar bo`limi ish yurituviga mavjud edi. 

Ijro harakatlari davomida qarzdor A.Qayumov aliment to`lovlarini o`z vaqtida amalga oshirmadi, chunki ota farzandiga shubhasi borligini aytib, tekshirish maqsadida tegishli sud tibbiy ekspertizasi tayinlandi. 

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining 18.09.2019 yildagi xulosasiga ko`ra K.Qayumov – A.Qayumovning  farzandi ekanligini o`z tasdig`ini topdi. 

Majburiy ijro harakatlari davomida 25.11.2019 yilda qarzdor A.Z.Qayumovga 6.466.200 so`m aliment qarzi hisoblanib, aliment to`lashdan bo`yin tovlagan qarzdor otaga tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. 

Sudning qarori bilan A.Qayumovga O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi bilan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi, deya ma`lum qildi MIB. 

    Boshqa yangiliklar