Bugun, 6 yanvar kuni Qashqadaryo viloyat hokimligi majlislar zalida jurnalist va blogerlar ishtirokida brifing o`tkazildi.
Brifingda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2020 yildagi rejalar haqida ma`lumot berdi.
Viloyat rahbarining ma`lum qilishicha, 2020 yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 16 qavatli uy-joylar quriladi.
Ma`lumotga ko`ra, 1700 ta 9 va 16 ko`p qavatli xonadonlar barpo etiladi.
Uylarning 1106 tasi kam ta`minlangan oilalarga ajratiladi.
-Uylarniqurishda sifatli qurilish materiallaridan foydalanamiz. Lekin pishiq g`ishtni ishlatmaymiz. Bu ekologiyaga zarar,-degan Zoyir Mirzaev.






