Bugun, 6 yanvar kuni Volgabo`yi hududidan kirgan sovuq va nam havo oqimi sababli O`zbekiston hududining katta qismida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) kuzatiladi.
«O`zgidromet» xabariga ko`ra, 7 yanvar kuni faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida beqaror ob-havo saqlanib turadi, bu joylarda yomg`ir, qor yog`ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlari bo`yicha yog`ingarchilik kuzatilmaydi.
Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.
8-9 yanvar kunlari ob-havoning yog`ingarchiliksiz, kam bulutli bo`lishi kutilmoqda. Antisiklon chegarasi ta`siri natijasida harorat kechasi manfiy ko`rsatkichlargacha pasayib 3-5 daraja sovuqni tashkil qiladi.
Kunduzi quyosh havoni ilitib, 9 yanvarga kelib havo harorati 7-12 daraja iliqqacha ko`tariladi.
10 yanvarda sovuq havo oqimi O`zbekiston hududidan chekinadi. Tungi harorat 0-2 daraja sovuqqacha ko`tariladi, kunduzi 7-12 daraja iliq atrofida bo`ladi.






