Toshkentda bir necha nafar haydovchini o`ldirib, jasadlarni suvga tashlab yuborgan qotil oradan 7 yil o`tib ushlandi va eng uzoq muddatga qamaldi.
Nurmatjon Mamadalievga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i, p, r” bandlari, 164-moddasi 2-qismining “b, v” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan ayblov e`lon qilindi.
Mamadaliev Nurmatjon Rasulovich, 1985 yil 20 mart kuni Farg`ona viloyati, O`zbekiston tumanida tug`ilgan oilali, 3 nafar farzandi bor, O`zbekiston tumani, “Katta-tagop” mahallasi, 43-uyda yashagan.
Mamadaliev Nurmatjon Rasulovich javobgarlikni og`irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o`ldirish, o`zgalar mol-mulkini talon-toroj qilish turkumiga kiruvchi, bosqinchilik jinoyatlarini quyidagi vaqt, usul va holatlarda qasddan sodir etgan.
U o`zining tanishi Esonaliev Saidjon G`anievich bilan 2011 yilning 22 aprel kuni taxminan, soat 23:30 da Toshkent shahri, Parkent ko`chasida go`yoki yo`lovchilar kabi Toshkent shahar, Olmazor tumani, “Usta Olim” ko`chasi, 68a-uyda yashovchi 1988 yilda tug`ilgan Turabov Ilxom Islom o`g`lining boshqaruvidagi “Matiz” rusumli, davlat raqami “01 U 247 FA” bo`lgan avtomashinani to`xtatib, haydovchi I.Turabovni qasddan o`ldirish va avtomashinasini qo`lga kiritish maqsadida avtomashinasiga o`tirib, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Yangiobod QFY., A.A.Serikbaev ko`chasi, 61 va 63-uylar oralig`iga olib borib, u jinoiy sherigi N.Mamadaliev bilan bosqinchilik va ta`magirlik niyatida u to`q rangli sintetik matodan ishlangan arqonni N.Mamadalievga berib, u esa haydovchi yonidagi yo`lovchi o`rindiqqa o`tirib avtomashinaning haydovchi orqasidagi orqa o`rindiqqa, N.Mamadaliev esa haydovchi yonidagi yo`lovchi o`rindiqqa o`tirib, u I.Turabovning orqa tomonidan sintetik arqonni bo`yniga solib, bo`g`ib, u esa I.Turabovning qo`llarini ushlab, o`zini himoya qilishga imkon yaratmasdan uni qasddan o`ldirishgan .
Shundan so`ng, I.Turabovning yonida bo`lgan 50 ming so`m miqdoridagi pul mablag`larini va uning “Matiz” rusumli davlat raqami “01 U 247 FA” bo`lgan avtomashinaning davlat raqami bosqinchilik yo`li bilan qo`lga kiritib, sodir etilgan o`ta og`ir jinoyatni yashirish maqsadida I.Turabovning murdasini “Toshkent-Oxangaron-Angren” avtomobil yo`lining Toshkent viloyati, O`rtachirchiq tumani hududidan o`tuvchi “Toshkanal” nomli kanalga tashlab yuborib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Esonaliev Saidjon G`anievich bilan u, 2013 yil 5 dan 6 fevral kuniga o`tar kechasi taxminan tungi soat 01:00 da Toshkent shahri, Sergeli tumanidagi Qo`yliq-5 mavzesi hududida, go`yoki yo`lovchilar kabi Toshkent shahar, Sergeli tumani, “Birodarlik-4” dahasi, 7-uy, 1-xonadonda yashovchi 1984 yilda tug`ilgan Boltaboev Sherili Anvarovich boshqaruvidagi “Neksiya-1” rusumli, davlat raqami “10 N 560 GA” bo`lgan avtomashinani to`xtatishib, haydovchi Sh.Boltaboevni qasddan o`ldirish va avtomashinasini bosqinchilik yo`li bilan qo`lga kiritish maqsadida, Sh.Boltaboevning avtomashinasiga o`tirib, Yuqorichirchiq tumani, Bordonko`l m.f.y. E`tirof ko`chasiga borib, u va jinoiy sherigi N.Mamadaliev bilan bosqinchilik va tamagirlik niyatida to`k ko`k rangli sintetik matodan ishlangan arqonni S.Esonalievga berib, u avtomashinaning haydovchi yonidagi o`rindiqqa o`tirib, S.Mamadaliev esa haydovchi orqa o`rindig`iga o`tirib Sh.Boltaboevning orqa tomonidan sintetik arqonni bo`yniga solib, uni bo`g`ib, u esa Sh.Boltaboevning qo`llarini ushlab, o`zini himoya qilishga imkon yaratmasdan uni qasddan o`ldirishgan.
Shundan so`ng, Sh.Boltaboevda bo`lgan “Nokia-5610” va oltin rangli “Nokia-6700” rusumli uyali telefon apparatlari va davlat raqami “10 N 560 GA” bo`lgan “Neksiya-1” rusumli avtomashinasini, bosqinchilik yo`li bilan qo`lga kiritib, sodir etilgan o`ta og`ir jinoyatni yashirish maqsadida Sh.Boltaboevning murdasini Yuqorichirchiq tumani, Tinchlik q.f.y. hududidan oqib o`tuvchi “Qorasuv” nomli kanalga tashlab yuborib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Mamadaliev Nurmatjon Rasulovich O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i, p, r” bandlari va 164-moddasi 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda sud tomonidan aybli deb topildi va unga nisbatan uzil-kesil o`tashlik uchun, uzoq muddatli 24 (yigirma to`rt) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shuningdek, Mamadaliev Nurmatjon Rasulovichni Rossiya Federasiyasi davlatidan O`zbekiston Respublikasiga etap qilib olib kelinganligi uchun ketgan pullar, ya`ni 22 mln.351 ming 75 so`m 10 tiyin moddiy zarar N.Mamadalievdan davlat foydasiga undirilishi belgilandi.






