AsosiyJamiyat

Qashqadaryo viloyatida bir fuqaroning o`z xonadonida 27 tup nasha etishtirgani aniqlandi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining tog`li hududidagi qishloqda yashovchi yigit gulzor yaratish niyatida 2014 yil mart oyida tomorqasiga har xil turdagi gul urug`larini sepdi, deb xabar beradi «Huquq» gazetasi.

Ko`p o`tmay, urug`lar nish urib chiqar ekan, bog`bon yigit ularning orasida boshqa gullarga o`xshamaydigan nihollar borligini sezdi. U tarkibida giyohvand moddasi bo`lgan 25 tup nasha o`simligini alohida idishlarga ko`chirib o`tqazdi va ularni pana joyda parvarishlay boshladi.

2014 yil 17 may kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan yigit hovlisida 2 tup, molxonasi tomida tuproq to`ldirilgan qoplar va metall qutilarga ekilgan jami 25 tup giyohvandlik o`simligi o`stirilayotgani aniqlandi. Sudga oid kimyoviy ekspertiza mazkur o`simliklar nasha ekanligini aniqlab berdi. Natijada qamashilik yigit 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

    Boshqa yangiliklar