Buyuk Britaniyadagi «Mirror» nashriga asoslanib, yozilishicha, Eron davlat televideniesi mamlakatning har bir fuqarosidan bir evrodan yig`ishni taklif qildi. Bu mablag` AQSh prezidenti Donald Trampning boshini olgan odamga mukofot tariqasida beriladi. Ushbu e`lon yaqinda Pentagon hujumi natijasida o`ldirilgan eronlik general Qosim Sulaymonini dafn qilish marosimi vaqtida e`lon qilindi.
Dafn qilish marosimi to`g`ridan-to`g`ri e`lon qilingan bir paytda telejurnalist Eronda yashaydigan 80 mln odamning har biri Trampning kallasi uchun bir evrodan berishga tayyor ekanligini ma`lum qildi. Demakki, Eron tomoni Trampni o`ldirgan odamga 80 mln evro mukofot bermoqchi.






