Insoniyat 1970 yildan boshlab sayyoradagi 83% sutemizuvchilar, qush, sudralib yuruvchilar, hayvon va baliqlarni qirib, yo`qotgan. Bu haqda The Guardian gazetasi Butunjahon yovvoyi tabiat jamg`armasining yillik hisobotiga asosan yozmoqda.
4 yil avval bu ko`rsatkich 52 foiz edi. Yovvoyi tabiat uchun asosiy xavf qishloq xo`jaligi uchun erlarni o`zlashtirish bo`lib, quruqlikning 4/3 ismi hozir insonlar tomonidan egallab olingan.
Ikkinchi muammo hayvonlarni ko`ngilxushlik uchun o`ldirishdir. 300 turdagi sutemizuvchilar aynan brakonerlik va ov oqibatida yo`q qilingan. Uchinchi xavf, kimyoviy ifloslanishdir. Quruqlik va suvning kimyoviy ifloslanishi oqibatida jonivor va baliqlar o`lmoqda.
To`rtinchi xavf – o`rmonlarning kesilishi. Janubiy va Markaziy Amerika, Osiyo va Sibirda 89% qush va jonivorlar o`rmonlarning kesilishi natijasida qirilib ketdi.
Agarda bu vahshiyliklarni tugatib, birorta jonivorning o`lishiga yo`l qo`yilmagan taqdirda ham, tabiatda ularning tiklanishiga 5 million yil kerak bo`lar ekan.






