AsosiyJamiyat

Chirchiq daryosi ustida Qo`yliq bozori va poytaxtga kirishni ta`minlaydigan yana bir ko`prik qurish taklif etildi

'Chirchiq daryosi ustida Qo`yliq bozori va poytaxtga kirishni ta`minlaydigan yana bir ko`prik qurish taklif etildi'ning rasmi

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga “Chirchiq daryosi ustida yana bir ko`prik qurish haqida”gi petisiya joylashtirildi. Bu haqda O`zA xabar qilmoqda.

Unda O`rtachirchiq tumanidan Qo`yliq bozorigacha bo`lgan yo`lda tirbandlik (Bektemir posti-Qo`yliq) ertalabdan-kechgacha davom etayotgani qayd etiladi. Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib keladigan avtomobillar juda ko`p. Shuningdek, shaharga kelib ishlaydigan insonlarning soni ham ko`p.
Murojaatda aholi boshiga tushayotgan shu va boshqa muammolar (Bektemir postidan Qo`yliqqacha avtomobil yo`lining juda torligi)ni bartaraf etish maqsadida Chirchiq daryosi ustida Qo`yliq bozoriga va keyinchalik shaharga kirishni ta`minlaydigan ko`prik qurilishi maqsadga muvofiq, deyiladi.
Petisiya yakunida Toshkent viloyatidan (Nurafshon shahri yo`li — O`rtachirchiq tumani) Toshkent shahriga kirish uchun ham Chirchiq daryosi ustiga yana bir ko`prik qurish taklif qilingan.

    Boshqa yangiliklar