AsosiyDunyo

Eyfel minorasi selfi uchun dunyodagi eng yaxshi fon deb e`tirof etildi

Eyfel minorasi selfi-suratlar uchun dunyodagi eng yaxshi fon deb tan olindi, deya xabar bermoqda daryo.uz The Daily Mailga tayangan holda. Bunday reyting sayyohlik manzillariga bag`ishlangan AttractionTix portali ekspertlari tomonidan tuzildi.

Top-list sayyohlar tomonidan tushirilgan selfilar bo`yicha statistik ma`lumotlarni o`rganish orqali tuzildi. Mutaxassislar aniqlashicha, 2015 yil boshidan buyon Eyfel minorasi Instagram’dagi 10,7 mingdan ortiq postda tilga olingan. Undan keyingi pog`onalarni esa 9,9 ming va 8,86 mingta post bilan Floridadagi Disney World ko`ngilochar kompleksi va Dubayning Burj-Xalifa osmono`par binosi egalladi.

Selfi olish uchun eng ommabop manzillar o`ntaligiga, shuningdek Londondagi Big Ben, Nyu-Yorkdagi Empire State Building, Barselonadagi Muqaddas oila sobori, Parijdagi Disneyland, Rimdagi Kolizey, Nyu-Yorkdagi Top of the Rock tomosha maydoni va London ko`prigi kirdi.

    Boshqa yangiliklar