Amerikalik va britaniyalik fiziklar odamning kvant darajasidagi hayotiy jarayonini o`rganish ustida ish olib borishdi. Tadqiqotlar davomida odam o`lganidan keyin ham uning ruhi, ya`ni ongi yashab qolishini aniqlashdi, deb yozadi PLANETANOVOSTI.COM. portali.
Olimlarning ta`kidlashicha, inson vafotidan keyin uning ruhi kvant reaksiyalari holatida yashashda davom etar ekan. Aytilishicha odamning biologik o`limidan so`ng miya neyronlaridagi oqsil mikroquvurchalarida uning hayotligida to`plangan axborotlar saqlanib qoladi. Bu neyronlarni kvant kompyuteriga qiyoslash mumkin.
Fiziklar ushbu mavzudagi kuzatuvlarini davom ettirib, o`lmas ong xususiyatlarini aniqlashga harakat qilishmoqda.