AsosiyJamiyat

O`qishga kiritish evaziga 600 AQSh dollari olgan shaxs qo`lga tushdi

'O`qishga kiritish evaziga 600 AQSh dollari olgan shaxs qo`lga tushdi'ning rasmi

Romitan tumanida yashovchi Yu.M va B.M.larning arizalariga asosan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahrida yashovchi, 1981 yilda tug`ilgan fuqaro M.A fuqaro Yu.M.ning ishonchiga kirib, uni Buxoro davlat universitetiga o`qishga kiritish evaziga 6.500 AQSh dollari miqdorida pora berishga dalolat qilib, 2019 yil 17 dekabr kuni Buxoro shahar B.Naqshband ko`chasi yoqasida joylashgan “Baxt uyi” binosi yonida 600 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Kogon tuman bo`limi tomonidan M.A.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi hamda 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar