AsosiyJamiyat

Samarqand va Kitobni bog`lovchi «Taxtaqoracha» dovoni vaqtincha yopildi

'Samarqand va Kitobni bog`lovchi «Taxtaqoracha» dovoni vaqtincha yopildi'ning rasmi

«Olmaota–Bishkek–Termiz» M39 xalqaro avtomagistralining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog`lovchi «Taxtaqoracha» (Kitob) dovonidan o`tgan qismlarida 2019 yilning 4 yanvar kuni kuchli qor yog`ishi va ko`rish imkoniyatlarining keskin pasayganligi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to`xtatildi.

Shu boisdan, avtomobil yo`lining mazkur dovondan o`tgan qismlarida harakat xavfsizligi ta`minlangunga qadar avtotransport vositalari egalariga A-378 «Samarqand–G`uzor» avtomobil yo`li orqali harakatlanishi tavsiya qilinadi, deyiladi telegram kanalda.

 

    Boshqa yangiliklar