AsosiyJamiyat

Qamalgan blogerga oid ma`muriy ish ertaga ochiq sud majlisida ko`rib chiqiladi

'Qamalgan blogerga oid ma`muriy ish ertaga ochiq sud majlisida ko`rib chiqiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmatidan ma`lum qilinishicha, 2019 yil 30 dekabr kuni Andijon viloyati ma`muriy sudining ochiq sud majlisida Asaka tumani ichki ishlar bo`limi tomonidan fuqaro Abdufatto Nuritdinov (bloger Otabek Nuritdinov)ga oid O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 40-moddasi, 41-moddasi va 183-moddasi bilan yuritilgan ma`muriy ish ko`rib chiqilgan.

Sud qaroriga ko`ra, A.Nuriddinov Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 40-moddasi, 41-moddasi va 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli, deb topilib, unga Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 34-moddasi tartibida uzil-kesil o`tash uchun 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

2020 yil 3 yanvar kuni huquqbuzar A.Nuriddinov tomonidan Andijon viloyati ma`muriy sudiga shu sudning 2019 yil 30 dekabrdagi qarori ustidan kassasiya tartibida shikoyat keltirilgan bo`lib, ushbu shikoyat asosida A. Nuriddinovga oid ma`muriy ish viloyat sudining kassasiya instansiyasida ko`rish uchun rasmiylashtirildi.

Mazkur ma`muriy ishni kassasiya tartibida ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud majlisi 2020 yil 4 yanvar kuni soat 11.00 ga tayinlanganligi ma`lum qilinadi.

    Boshqa yangiliklar