AsosiyJamiyat

Endi avtomobillarni to`xtatmasdan texnik sozligini tekshirish mumkin

'Endi avtomobillarni to`xtatmasdan texnik sozligini tekshirish mumkin'ning rasmi

O`zbekistonda transport vositalarining texnik holatini tekshirish va nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo`yicha loyiha e`lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan transport vositalarini majburiy texnik ko`rikdan o`tkazish tartibi ham haydovchilar, ham yo`l harakati xavfsizligi xodimlari uchun noqulay va eskirgan uslub bo`lib qolmoqda. Qolaversa, avtomobillarning texnik holati haqida elektron baza hamon mavjud emas, bu degani — texnik holat haqida beriladigan talonning haqiqiyligini tekshirib bo`lmaydi va uni soxtalashtirish ham mumkin.

Shuning uchun tizimga yangi ko`rinishdagi sertifikatlarni joriy etish zarur va u bir qator afzalliklarga ega.

Talonlar o`rniga beriladigan sertifikatlarni soxtalashtirishning oldini olish maqsadida bir necha bosqichli himoya, chidamli va moslashuvchan materiallardan ishlab chiqariladi. Maxsus dasturlar yordamida ma`lumotlarni tezda o`rganish mumkin va eng asosiysi maxsus elektron yorliqlar orqali boshqa dasturlar bilan o`zaro muloqot qilish mumkin.

Tavsiya etilgan sertifikat texnologiyasi, xodimlar ishini osonlashtiradi. Chunki sertifikatga axborot kiritish va sertifikatlarning elektron yorlig`ini faollashtirish innovasion texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladi, texnik jihatdan tekshirilmagan avtomobillarni aniqlashlash tizimi yaratiladi va soxta yoki muddati tugagan talonlar bilan harakatlanishga chek qo`yadi.

Eng muhimi — avtomobillarning texnik holatini tekshirish uchun ularni to`xtatishga hojat qolmaydi — ularni tekshirish va nazorat qilishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

Sertifikatlarni joriy etish — talon bilan bog`liq kechikish yoki soxta talonlar kabi muammolarni bartaraf etadi. Tizimga yangi, ilg`or va zamonaviy texnologiyalar joriy etiladi texnik tekshiruvlarning yagona elektron ma`lumotlar bazasi shakllantiriladi.

    Boshqa yangiliklar