AsosiyJamiyat

Bodikameralar ishga tushdi: nima mumkin, nima mumkinmas?

'Bodikameralar ishga tushdi: nima mumkin, nima mumkinmas?'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to`g`risida”gi nizom talablariga asosan 2020 yilning 1 yanvar kunidan, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmatining barcha YPX xodimlari xizmatni mobil kameradan foydalangan holda o`tashni boshladilar. 

Xodimlar tomonidan foydalanilayotgan mobil kameralar, xodimning yo`l harakati ishtirokchilari bilan o`zaro muloqotini tasvirga olib, ushbu muloqotning samimiy, xushmuomalalik asosida bo`lishiga hamda ziddiyatli va noxush vaziyatlarni, shuningdek, korrupsiya holatlarini oldini olishga xizmat qiladi.

Ayrim hollarda esa xodimning xatti-harakatlari ustidan ariza va shikoyatlar bildirilganida, ushbu videoyozuvlar holatga oydinlik kiritishga yordam beradi. 

Shu o`rinda fuqarolardan kelayotgan ayrim savollarga IIV YHXBB Axborot xizmati aniqlik kiritdi:

- mobil kameradan YPX xodimning yo`l harakati qatnashchisi bilan muloqotini tasvirga olish uchun foydalaniladi; 

- YPX xodimi haydovchiga, uning sodir etgan qoidabuzarligining videotasvirini ko`rsatib berishga majbur emas; 

- barcha xizmatga jalb etilayotgan xodimlar mobil kameradan foydalangan holda xizmat o`taydilar. YPX xodimining mobil kamerasiz xizmat o`tashiga yo`l qo`yilmaydi;

- O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-sonli sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to`g`risida”gi nizomning 18-bandigaasosan yo`l harakati qatnashchilari xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga egalar.

    Boshqa yangiliklar