AsosiyIqtisodiyot

Soliq kodeksiga qanday o`zgarishtishlar kiritildi?

'Soliq kodeksiga qanday o`zgarishtishlar kiritildi?'ning rasmi

Soliq kodeksiga kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalar 2020 yil 1 yanvardan kuchga kirdi. Tenglik, aniqlik, soddalik va samaradorlik asos qilib olingan. Bu haqda huquqiy axborot kanali ma`lum qildi. Ushbu kodeksning yangi tahririga quyidagi o`zgartishlar kiritilgan:

Soliq turlari 13 tadan 9 taga qisqartirildi. Bekor qilinganlari:  

👉 yagona er solig`i;  

👉 davlat boji;  

👉 bojxona to`lovlari;  

👉 tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo`yicha qat`iy belgilangan soliq.

Kichik korxonalar (tovar aylanmasi 1 milliard so`mgacha bo`lgan) uchun esa aylanmadan soliq ko`rinishidagi alohida soliq rejimi saqlab qolinmoqda.  

👉 Soliq organlariga QQS “manfiy” qoldiq summasini qaytarish huquqi berilmoqda. Avval faqatgina eksportchi sub`ektlarga, Vazirlar Mahkamasining ruxsati asosida G`aznachilik bilan kelishilgan holda qaytarilardi.  

👉 Endi asosiy vositalar hamda ko`chmas mulk ob`ektlari xarid qilinganda yoki yangidan barpo etilganda QQSni bir yo`la hisobga olishni nazarda tutuvchi tartib joriy etilyapti. Shu paytgacha hisobga olish teng ulushlarda ketma-ket keluvchi 12 oy davomida hamda ko`chmas mulk ob`ektlari uchun 36 oy davomida amalga oshirilardi. Bu tartib soliq to`lovchilarning biznesini rivojlantirish va byurokratiyani qisqartirishga asos bo`ladi.  

👉 Korxonalar o`rtasida o`zaro moliyaviy munosabatlarga aralashgan holda, hosil bo`lgan debitorlik qarzdorligi majburiy undirilardi. Endi bu tartibdan voz kechilmoqda Ya`ni bir korxonaning soliq majburiyati boshqa birining zimmasiga tushmaydi.

Boshqa yangiliklar