AsosiyJamiyat

Avtobus va metroda shu oydan avtomatlashtirilgan to`lov tizimi joriy etiladi

'Avtobus va metroda shu oydan avtomatlashtirilgan to`lov tizimi joriy etiladi'ning rasmi

Toshkent jamoat transportida — avtobus va metropoliten yo`nalishlarida 2020 yil yanvar oyidan avtomatlashtirilgan to`lov tizimi joriy etilmoqda, deya xabar bermoqda «Toshshahartransxizmat» kompaniyasi.

Yangi tizim bir necha bosqichda amaliyotga to`la joriy etilishi ko`zda tutilgan. Unga qadar esa shu kungacha yo`lovchilar foydalanib kelgan oylik yo`l chiptalari hamda jetonlar jamoat transportlarida to`lov sifatida qabul qilinishi davom etadi.

Xabar berilishicha, hozirda avtomatlashtirilgan to`lov tizimidan to`g`ri foydalanish, validatorlarni ishlatish va boshqa masalalarga oid jihatlar yuzasidan haydovchi va chiptachilar ishtirokida qo`shimcha o`quv treninglari o`tkazilmoqda.

"Agar yo`lovchilarga xizmat ko`rsatayotgan transport haydovchisi va chiptachilari to`lovni avtomat tarzda qabul qilishdan bosh tortsa, bu haqda jamiyatning 1062 ishonch telefoniga xabar berishlari so`raladi", — deyiladi kompaniya bergan xabarda.

Boshqa yangiliklar