Rossiya poytaxti Moskvadagi FHDYo bo`limlariga fevralning “chiroyli” sanalarida nikohdan o`tmoqchi bo`lgan juftliklardan tushayotgan arizalar soni mingtadan oshib ketdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Ta`kidlanishicha, 02.02.2020, 20.02.2020, 22.02.2020 sanalari uchun arizalar soni juda ko`pchilikni tashkil qilmoqda.
Ma`lumotlarga qaraganda, Moskvada arizalar soni ko`pligi sababli yana qo`shimcha 3 ta FHDYo bo`limi va nikoh zallari tashkil etilishi ko`zda tutilmoqda.
Xabarda aytilishicha, birgina 20 fevral kuni topshirilgan arizalar soni 700 dan oshib ketgan.






