AsosiyJamiyat

Toshkentda dronlar shousi takror namoyish etiladi

'Toshkentda dronlar shousi takror namoyish etiladi'ning rasmi

Bugun – 2020 yil 2 yanvar kuni soat 19:00 da “Davergeodezkadarstr” Qo`mitasi tomonidan hamyurtlarimiz uchun, Toshkent shahrining Milliy kutubxonasi oldida, qaytadan dronlar shousi o`tkazilishi rejalashtirilmoqda.  

2019 yilning 31 dekabr sanasida Tashkent Citida bo`lib o`tgan dron shouda hamyurtlarimiz tomonidan juda iliq qabul qilinganligi hamda qiziqish juda yuqori bo`lganligi sababli ushbu namoyish qayta tashkillashtirilmoqda.

Eslatib o`tamiz, 250 ta dronlarning parvozi Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba o`tkazilgan bo`lib, mazkur tadbir birinchilardan “Davergeodezkadastr” qo`mitasi tomonidan amalga oshirildi. Ushbu dronlar 2019 yil dekabr oyida qo`mita tomonidan olib kelingan, ularning soni bugungi kunda 300 tani tashkil etadi.

Kelgusida ularning sonini 1000 taga etkazish va yurtimizda ishlab chiqarish ko`zda tutilmoqda.

Boshqa yangiliklar