Fukarolik ishlari bo`yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 14.08.2019 yilda qarzdor A.Salmonovdan undiruvchi “InfinBank” foydasiga jami 62 mln. so`mlik qarz undirish to`g`risidagi ijro xujjati mavjud bo`lib, mazkur ijro ishi yuzasidan Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasining barcha qidiruv inspektorlari xamkorligida o`tkazilgan tadbir davomida qarzdor A.A.Salmonov tegishli bo`lgan “Nexia-3” rusumli qidiruvdagi avtotransport vositasi xatlangandi.
Yana bir qarzdor fuqarolik ishlari bo`yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 22.10.2018 yildagi qarzdor T.Usmonov undiruvchi “Uz Shin Don Siligon” MChJ foydasiga jami 54 mln. 510 ming so`m qarz undirish ijro hujjati bo`yicha olib borilgan tadbir natijasida “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi ham jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Bundan tashqari, Toshkent shahar IIBB YHXB.ning ma`muriy qarorida
2 mln. 230 ming so`m ko`rsatilgan qarzdor I.Kadirovni boshkaruvida bo`lgan “Nexia-2” avtotransport vositasi ushlanib xatlangandan so`ng, qarzdorlik to`liq undirildi.






