AsosiyJamiyat

Xalqaro pul o`tkazmalari tizimlari faoliyati yuzasidan Markaziy bank axboroti

'Xalqaro pul o`tkazmalari tizimlari faoliyati yuzasidan Markaziy bank axboroti'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda xalqaro pul o`tkazmalari tizimlari bayram oldi kunlari faoliyat yuritmayotganligi to`g`risida xabarlar tarqalayotganligi munosabati bilan Markaziy bank quyidagilarni ma`lum qiladi.

Banklardagi xalqaro pul o`tkazmalari bilan bog`liq yangi yil oldi uzilishi holatlari, xorijiy davlatlardagi bayram ta`tillari munosabati bilan xalqaro pul o`tkazmalari operatorlarining cheklangan faoliyati bilan izohlanadi.

Banklar tomonidan aholiga xalqaro pul o`tkazmalari faoliyatidagi uzilishlariga oid e`lonlar amalda oldindan berib boriladi.

Ta`kidlash joizki, amaliyotda xalqaro pul o`tkazmalari yangi yil oldi bayram kunlari faoliyat yuritmasligi odatiy hol bo`lib, ushbu holat har yil yakunida kuzatiladi.

Shu bilan birga hozirgi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanilish va xizmatlar ko`lamini kengaytirish maqsadida, ayrim banklar tomonidan onlayn xalqaro pul o`tkazmalari xizmati yo`lga qo`yilgan va ulardan masofadan turib istalgan vaqtda mobil dasturlar orqali foydalanish imkoniyati yaratilganligini qayd etamiz.

    Boshqa yangiliklar