Yangi yil bayrami munosabati bilan 30 va 31 dekabr kunlari "Tashkent City" bog`ining mehmonlarini noodatiy ko`ngilochar dasturlar kutmoqda, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi.
Bog` bo`ylab bolalarga 20 dan ortiq animatorlar quvonch bahsh etadi. Ikkita sahnada mashhur san`at ustalari, QVZ va bolalar musiqiy jamoalari o`zlarining bayramona dasturlarini taqdim qilishadi, mashhur boshlovchilar aksiya va o`yinlar o`tkazishadi.
"Tashkent City" ma`muriyatining ma`lumotiga ko`ra, bayram dasturlarida estradamizning eng mashhur yulduzlarining chiqishi kutilmoqda. Ko`ngilochar tadbirlarda ishtirok eting va bayramona kayfiyatga ega bo`ling.
Yangi yil kechasi bayram tungi soat uchgacha davom etadi.






